Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti 22-17-guruh, Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish yo‘nalishi 4-bosqich talabalari bitiruv ishi oldi amaliyot dasturi doirasida navbatdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazdilar. Amaliyot rahbarlari X. Rasulov va S. Xurramov boshchiligida talabalar “Tuproq tarkibi va repozitoriyasi, sifati tahlil markazi” DUKda faoliyat olib borishmoqda. Amaliyot davomida ular tuproq unumdorligini saqlash va qayta tiklash, yer resurslaridan samarali foydalanish, meliorativ holatni yaxshilashga qaratilgan zamonaviy laboratoriya ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:

