logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU talabalari O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida amaliyotda

view 1

Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetining 24-66 guruh talabalari nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida "O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti"da bo'lishdi. Amaliyot rahbari Xaitov Farhod Djoraevich boshchiligida tashkil etilgan ushbu o‘quv-amaliyot jarayonida talabalar talabalar o‘simliklarni sun’iy muhitda ko‘paytirishning zamonaviy usullari va biotexnologik jarayonlar tahlil qilishdi, o‘rmon xo‘jaligi sohasida qo‘llaniladigan texnikalar va uskunalarning ishlash prinsiplari o‘rgandi va issiqxonalarda olib borilayotgan ilmiy ishlar, ko‘chat yetishtirishning o‘ziga xos texnologiyalari ko‘zdan kechirildi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida bo‘lajak mutaxassislar zamonaviy texnologiyalar, laboratoriya jihozlari va o‘rmon xo‘jaligidagi eng so‘nggi ilmiy ishlanmalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.