Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari keng qamrovda muhokama qilindi. Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar olib borish va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalarni chop etish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, atrof-muhit, ekologiya va barqaror rivojlanish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.
Shuningdek, tomonlar Xitoyning nufuzli “Reform” jurnalida maqolalar chop etish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu esa universitet olimlari ilmiy izlanishlarining xalqaro miqyosda keng targ‘ib etilishiga zamin yaratadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


