Toshkent davlat agrar universiteti vakillari, jumladan O‘simlikshunoslik, Agronomiya va Agroteknologiyalar kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda magistrantlari Quyi Chirchiq tumanidagi “Guliston” hududida joylashgan Germaniyaning ozuqabop ekinlar bo‘yicha xalqaro loyihasi tajriba dalasida bo‘lishdi.
Tashrif davomida oq jo‘xori, beda, sudan o‘ti, qo‘noq, sebarga kabi ozuqa ekinlari, shuningdek marjumak, batat, guar singari noan’anaviy ekinlar yetishtirish tajribalari, zamonaviy agrotexnologiyalar, sug‘orish tizimlari va o‘g‘itlash usullari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, hamkorlik doirasida ilmiy tadqiqotlar, talabalar dala amaliyotlari hamda xorijiy tajribani respublika sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



