Meksikaning xalqaro nufuzga ega CIMMYT (Xalqaro makkajo‘xori va bug‘doy seleksiyasi ilmiy markazi)da o‘tkazilayotgan “Wheat Training for Uzbekistan 2025” dasturida Toshkent davlat agrar universiteti sharafini O‘simlikshunoslik kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori A.Nurbekov munosib himoya qildi. U ishtirokchilarga “Climate Change Mitigation and Crop Management Practices” mavzusida ma’ruza taqdim etdi.
O‘quv kursida O‘zbekistonning turli ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan yosh olimlar, tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar qatnashdi.
Professor A.Nurbekov o‘z ma’ruzasida iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi tizimlariga ta’siri, ekinlarni boshqarishdagi zamonaviy yondashuvlar, hamda resurslardan oqilona foydalanish orqali hosildorlikni barqarorlashtirish yo‘llari haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

