Toshkent davlat agrar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Oybek Ostonov tomonidan Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakultetining 25-97 hamda 25-98-guruh talabalari bilan “Birinchi o‘zbek diplomli agranomi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida O.Ostonov talabalarga agronom olim Abduvahob Murodiyning hayot yo‘li, ilmiy faoliyati, qishloq xo‘jaligi fanining rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda XX asr boshlarida Germaniyada tahsil olib, mamlakatimizda agrar sohaga asos solgan taraqqiyparvar olim sifatidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Talabalar agronom olimning ilmiy ishlari va faoliyati yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Suhbat yakunida O.Ostonov universitet tarixida faoliyat yuritgan taniqli olimlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

