Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash” kafedrasi mudiri N.Narkabulova Germaniya akademik almashinuv xizmati — DAAD stipendiyasi sohibi sifatida hozirda Germaniyaning Trier amaliy fanlar universitetida malaka oshirmoqda. Dastur doirasida u mazkur universitetning “Oziq-ovqat innovatsiyalari” yo‘nalishi magistrantlariga ma’ruza o‘qib, ta’lim jarayonida talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan samarali muloqot olib bordi. Kelgusida Toshkent davlat agrar universiteti va Trier amaliy fanlar universiteti o‘rtasida 1+1 formatdagi qo‘shma magistratura dasturini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus talabalarga O‘zbekiston va Germaniyada ta’lim olib, xalqaro ilmiy-tadqiqot tajribasini orttirish imkonini beradi.
Mazkur hamkorlik oziq-ovqat texnologiyalari hamda qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishida innovatsiyalarni rivojlantirish, xalqaro tajriba almashinuvi va akademik aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

