Toshkent davlat agrar universitetida “Pushti oy / Pink October” kampaniyasi va “Erta aniqlа – hayotni saqla” davlat dasturi doirasida ayollar salomatligiga bag‘ishlangan amaliy sessiya tashkil etildi. Tadbirni universitet Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha boshqarma boshligʻi S.Isroilov ochib berdi. U o‘z nutqida mamlakatimizda ayollar salomatligini muhofaza qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Tadbirni universitet Xotin-qizlar masalalari kengashi raisi G. Shodmonova okib bordi hamda fakultetlarning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, talaba qizlar ham faol ishtirok etishdi. Shuningdek, sessiyada BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakillari va ekspertlari Inoyatova Nadira Miranvarovna – dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi, Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik salomatligi ilmiy-amaliy markazi mutaxassisi, UNFPA eksperti, Xodjayeva Shakhzadakhon – UNFPA Yoshlar tarmog‘i koordinatori, shuningdek UNFPA Yoshlar tarmog‘i volontyorlari ishtirok etdilar.
Mazkur sessiya “Sog‘lom avlod – sog‘lom kelajak” tamoyili asosida o‘tkazilib, talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va tibbiy madaniyatni oshirishga xizmat qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



