logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan universitetimiz hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida hashar jarayonlari avjida!

view 185

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyi oldidan tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Bugun universitetimizda hashar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda! Mazkur hasharda universitet professor-o‘qituvchilari va ko‘ngilli talaba yoshlar birgalikda universitet hududini qurigan barglardan tozalashmoqda, daraxtlarning qurigan shoxlari kesilmoqda, yòlaklar supurilmoqda.

Ushbu tashabbus nafaqat hududimizni obodonlashtirish balki atrof-muhitni asrash va yoshlarimizda ekologik ongni rivojlantirishga xizmat qiladi. Haqiqatdan ham universitetimizda 95yillikga munosib tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda desak mubolaģa bòlmaydi!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.