logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA “TDAU KUBOGI” XALQARO TURNIRI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI!

view 169

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan “TDAU kubogi” kurash bo‘yicha xalqaro turnirining taqdirlash marosimi ko’tarinki bo‘lib o’tdi. Universitet rektori N. Oblomuradov iliq so‘zlari bilan musobaqa ishtirokchilarini tabrikladi, ularning sportdagi muvaffaqiyatlarini va kelajakdagi yutuqlarini tiladi. Shuningdek, Hakamlar hay’ati raisi va a’zolari sifatida Kim Eoor Jong, Koreya Respublikasidan ishtirok etdi. Sportchilar ko‘zlarida quvonch, yuzlarida tabassum — barcha ishtirokchilar uchun unutulmas kun bo‘ldi. Mazkur tadbir yoshlar orasida do‘stlik, jismoniy barkamollik va g‘alabaga ishonchni mustahkamlash bilan birga, Toshkent davlat agrar universiteti 95 yillik tarixining yana bir yorqin sahifasiga aylandi. Tadbirning asosiy maqsadi kurash milliy sport turini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish va xorijiy mamlakatlarda yanada keng targ‘ib qilish, shuningdek, kurashni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha faoliyatni tizimli qo‘llab-quvvatlashdir. Musobaqada Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 9 ta oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalaridan keladigan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Jahon chempioni Abdulla Tangriyev, faxriy sport murabbiylari va xalqaro sport ustalari ham tadbirda ishtirok etmoqda, bu esa turnirga alohida sharaf va yuqori saviya bag‘ishladi.

Mazkur turnir nafaqat sportchilar uchun, balki barcha ishtirokchilar uchun do‘stlik va hamkorlik ramzi, yoshlar orasida jismoniy barkamollik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni oshirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.