Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda haftaning har payshanbasi “Yoshlar kuni” etib belgilangani munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashrapov, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva hamda universitet rektori Narzullo Oblomuradov ishtirok etib, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Tadbir yakunida startap loyihalarini amalga oshirish uchun ilg'or g'oyaga ega talabalarga kredit mablag‘lari ajratilgan vaucherlar topshirildi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda savol-javoblardan so‘ng, ilm-fan va jamoat ishlarida o‘zini ko‘rsatgan bir guruh faol talabalar munosib taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



