logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan “Xon Atlasning Sehrli Jilosi” nomli festival tashkil etildi.

view 194

Tadbirni universitet rektori N. Oblomuradov ochib, nutqida shunday ta’kidladi: “Qizlarimiz bilimli va aqlli bo‘lsa, ertaga ulardan yangi Alpomishlar dunyoga keladi.” Festival dastlab universitetda faoliyat yuritayotgan, agrar sohaning rivojiga hissa qo‘shgan olima ayollarni e’tirof etish bilan boshlandi. Shundan so‘ng talaba-qizlar ishtirokida “Xon Atlasning Sehrli Jilosi” shiori ostida modalar namoyishi taqdim etilib, mehmonlarga dòppi ulashildi. "Bòston" ashula va raqs ansambili tomonidan milliy urf-odatlarni aks ettirgan "Kelin Salom", "Alla", "Yaqqu-yaq", "Lazgi", "Dòppi tikdim" kabi ijod namunalari taqdim etilmoqda. Tadbirda O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi raisi A.Axmedjanova, Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Abdikarimova hamda ayol professor-o’qituvchilaridan tarkib topgan talaba yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir yakunida olima ayollar faol ishtirokchilar tashakkurnoma, estalik sovg‘alari hamda universitetning 95 yillik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Festival mehmonlarga va ishtirokchilarga milliy an’analarni yaqinroq his qilish, qizlarimizning ijodiy salohiyatini namoyish etish va Toshkent davlat agrar universiteti 95 yillik yubileyini yuksak ruhda nishonlash imkonini berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.