logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi “InnoWeek – 2025” innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida

view 163

Toshkentda “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida o‘tayotgan “InnoWeek – 2025” xalqaro innovatsion haftaligi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi faol ishtirok etmoqda.
Ushbu nufuzli tadbirda universitetning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda 20 dan ortiq iqtidorli talabalari o‘zlarining ilmiy ishlanmalari, innovatsion yechimlari va startap g‘oyalarini taqdim etishdi. Universitet olimlarining innovatsion ishlanmalari “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar majmuasida munosib o‘rin egallab, ko‘plab ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan O‘simliklarni himoyasi va karantini kafedrasi: “Tuzoq o‘simliklari – Trap crop”, “Trixogrammani tarqatish uchun qurilma”, Dorivor o‘simliklar kafedrasi: “Fito choy”, Mevachilik va uzumchilik kafedrasi: “Yangi Toshkent” limon navi bilan ishtirok etmoqda.

InnoWeek – 2025” doirasidagi yirik plenар sessiyada ham Toshkent davlat agrar universiteti talabalari agrar sohada innovatsion yondashuvlar, ekologik barqarorlik va raqamli yechimlarga oid o‘z g‘oyalarini namoyish etishdi. Sessiya davomida mamlakatimizda startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda venchur investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.