logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “AgroTech–2025” Respublika tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

view 200

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “AgroTech–2025” Respublika tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlovda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (hamda uning Nukus va Toshkent filiallari), Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, Astraxan davlat universitetining Toshkent viloyatidagi filiali va Toshkent davlat agrar universiteti jamoalari faol ishtirok etdi. Universitet bosqichida 500 nafarga yaqin ishtirokchi orasidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 36 nafar yoshlar Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra:
“Eng yaxshi g‘oya” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘rin — Qodirqulova Fotima (Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti) 2-o‘rin — Xudoyan Akasana (Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti) 3-o‘rin — Xamrayeva Navro‘za (Toshkent davlat agrar universiteti) “Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘rin — Nurmetova Farida (Toshkent davlat agrar universiteti) 2-o‘rin — Hamroyev Azimjon (Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti) 3-o‘rin — Abdukarimov Kamoliddin (Toshkent davlat agrar universiteti) “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘rin — Azimova Nazokat (Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali) 2-o‘rin — Safarov Xusniddin (Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti) 3-o‘rin — Muxtorov Javlonbek (Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti) G‘oliblar hamkor tashkilotlar tomonidan qimmatbaho televizor sovg‘alari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirining Diplomlari bilan taqdirlandilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.