13-noyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetining yangilangan va ko‘rkam Axborot-resurslar markazida ToshDAUning 95 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram talabalar, professor-o‘qituvchilar, universitet faxriylari, shuningdek, Rossiyadan kelgan qadrli mehmonlarni — Kuban davlat agrar universiteti delegatsiyasi va maxsus taklif etilgan mehmon T.N. Poluninani bir maydonga jamladi. Yubiley tadbiriga M.G. Muxanova tashabbusi alohida ahamiyat bag‘ishladi. Uning madaniy-ma’rifiy loyihalarni rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, universitet Axborot-resurslar markazining madaniy-ma’naviy va ilmiy rivoj markaziga aylanishidagi tashabbus va faolligi tadbir mazmun-mohiyatini yanada boyitdi. Shu tufayli uchrashuv ijodiy muloqot va ilmiy-madaniy hamkorlik muhitiга aylandi. ToshDAUdagi kuz — ilhom fasli. Universitet alleyalariga “o’ynab”tushayotgan serjilo oltinbarglar yurtimiz qadimiy dargohining uzoq tarixini eslatib, ushbu maskanning yo‘li qanchalik sharafli ekanini namoyon etdi. Mashaqqatli, shonli va shu bilan birga xushmanzara faslda o‘tkazilgan yubiley tadbiri an’analar, ilm-fan va ijodning uyg‘unligini yana-da chuqur aks ettirdi. Tadbirning adabiy qismida o‘zbek ва rus shoirlari asarlari orqali “kuzgi palitra” namoyon etildi. Abdulla Oripov va Erkin Vohidovning yurt fazilati ва tabiat go‘zalligini tarannum etgan misralari, shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan Aleksandr Pushkin ва Sergey Yeseninning kuzgа xos muloyim g‘amginlik, ilhom va tabiatga muhabbat bilan sug‘orilgan she’rlari o‘qildi. Ikki xalq poeziyasining uyg‘unligi O‘zbekiston ва Rossiya o‘rtasidagi madaniy rishtalarning mustahkamligini yana bir bor namoyon etdi. Talabalar ва professor-o’qituvchilar chiqishlari agrar ilm-fan faqat tadqiqot ва texnologiyalardan iborat emasligini — u madaniy muloqot, hamkorlik ва ma’naviy boyish maydoni ekanini ko‘rsatdi. Kuban davlat agrar universiteti delegatsiyasi hamda Rossiyalik mehmon Polunina T.N. xalqaro hamkorlikning ahamiyatini ta’kidlab, kelgusidagi qo‘shma loyihalar yana-da rivojlanishiga ishonch bildirdi.
ToshDAUning 95 yillik yubileyi nafaqat bayram, balki barkamollik, yangilanish ва kelajakка intilish ramziga aylandi. “ToshDAU kuzi” — bu an’analar harorati, tajribaning donoligi ва yoshlarning zamonaviy kuchi demakdir. Oltinbo‘yoq kuz nafasi ostida universitet o‘zining yangi asriga qat’iyat ва izchil qadamlar bilan kirib bormoqda, o‘tmishga hurmat, kelajakka keng istiqbol bilan nigoh tashlamoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


