favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

«Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

view 190

Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti hamda mahallalar hamkorligida yoshlarga qaratilgan bir qator uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi. Toshkent davlat agrar universitetining "Umumiy zootexniya va veterinariya" kafedrasi o‘qituvchilari B.Shoyusupov, G.Erdanova, U.Asrayev va R.Troyanovskayalar Toshkent viloyati Qibray tumani 29-maktabga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi. Yozgi taʼtil davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, san’at, fan va texnologiyaga oid to‘garaklarga jalb qilishga doir targ‘ibot ishlari olib borildi. Ayniqsa, “Yosh shaxmatchi” va “Mohir qo‘llar” to‘garaklari faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Universitet psixologi S.Abdullayeva tashabbusi bilan “Jamiyatimizda yoshlar tarbiyasi va ularning maʼnaviy-axloqiy yetuklik davrida oilaviy munosabatlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda “Bobur” va “Oybek” MFY raislari hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutasaddilar ishtirok etdi. “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida ichki turizmni rivojlantirish, yoshlar orasida tarixiy merosga e’tiborni kuchaytirish maqsadida, universitetning “Taraqqiyot” munozara jamoasi Xiva shahriga sayohat uyushtirdi. Talabalar Xiva shahrining muzeylari bilan tanishishdi. “Mevachilik va uzumchilik” kafedrasi o‘qituvchilari M.Faxrutdinov, O.Qahhorova va N.Haqnazarovalar tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 24-sonli maktabda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. “Akademik va yoshlar” uchrashuvi esa talabalarga chuqur ilhom bag‘ishladi. Ushbu tadbir mehmoni – taniqli olim, akademik S.Gulyamov bo‘lib, o‘zining boy ilmiy tajribasi, hayotiy qarashlari va yoshlarga oid fikrlari bilan talabalarga katta motivatsiya berdi.

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakultetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.Xolmirzayeva va o‘qituvchi Yu.Boboyevlar esa Qibray tumanidagi 40-maktabga tashrif buyurib, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirdilar. “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi bu yoshlar bilan muloqot, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va faollikka undashning harakatdir. Toshkent davlat agrar universitetining targ‘ibot tadbirlari izchil davom etmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.