Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi vakillari, soha mutaxassislari hamda Toshkent davlat agrar universiteti vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida oziq-ovqat xavfsizligiga oid dolzarb masalalar, global tendensiyalar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro standartlarga mos boshqaruv yondashuvlari, xavf va risklarni kamaytirish mexanizmlarining ahamiyati ta’kidlab o‘tildi. Tadbir doirasida oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi o‘rtasidagi farq haqida tayyorlangan animatsion video namoyish qilinib, ishtirokchilar uchun mavzuga oid aniq tushunchalar berildi. Shundan so‘ng Toshkent davlat agrar universiteti mutasaddilari talaba va magistrantlarga yangi avlod o‘quv dasturlaridagi o‘zgarishlar, xalqaro standartlarning ta’lim jarayoniga integratsiyasi hamda amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish usullarining afzalliklari haqida ma’lumot berishdi.
Tadbir yakunida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, ularning amaliy natijalari, saqlash texnologiyalari va iqtisodiy samaradorlik masalalari batafsil tushuntirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



