Xalqaro hafta doirasida Toshkent davlat agrar universiteti vakillari tomonidan qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti yo‘nalishida xalqaro va mahalliy talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mazkur darslar talabalar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, O’zbekiston qishloq xo’jaligi, madaniyati va tajribalarni o‘rganishga xizmat qildi. Ushbu xaftalikda xalqaro trening ham tashkil etilgan bo’lib 40 dan ortiq davlatlardan 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. TDAU vakillari treningda ishtirok etib, xorijiy universitetlar vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazdi va o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Delegatsiya a’zolati ushbu universitetda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida hamda "Erasmus+" loyihasi doirasida tahsil olayotgan TDAU talabalari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi. Suhbatlar davomida talabalar o‘qish jarayoni, yashash sharoitlari va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ushbu universitet prorektori Astrida Miceikiene hamda Qishloq xo‘jaligi akademiyasi kansleri Vigilijus Jukna bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

