logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent shahrida “Ipak yo‘lida turizm” 30-yubiley Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY-2025)da universitetimiz vakillari ishtirok etdi.

view 240

Ushbu yirik tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” DM hamda “Interforum” DUK tomonidan tashkil etildi. Yarmarka an’anaga ko‘ra “CAEx” xalqaro ko‘rgazmalar markazida o‘tkazildi. TXTY-2025 doirasida 300 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etgan sayyohlik ko‘rgazmasi, 30 dan ortiq davlatdan 200 oshpaz qatnashgan Xalqaro oshpazlar chempionati, Jurnalistlar, blogerlar va media mutaxassislari uchun Media Campus, Aviatsiya, ta’lim, ekologiya va ziyorat turizmi bo‘yicha forumlar, Xalqaro kompaniyalar bilan B2B uchrashuvlar va davra suhbatlari hamda Turizm xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi Tadbirda universitetimiz vakillari ham faol ishtirok etib, turizm sohasidagi yangiliklar, xalqaro tajribalar va hamkorlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ma’lumot uchun, TXTY – Markaziy Osiyodagi eng nufuzli turizm tadbirlaridan biri bo‘lib, BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) rasmiy ko‘magida o‘tkaziladi. So‘nggi 30 yil davomida yarmarka innovatsiyalar, hamkorlik va biznes tashabbuslari uchun muhim maydonga aylangan. 2024-yilda tadbir 1500 dan ortiq ishtirokchi va 30 dan ortiq davlatdan 13 500 nafardan ziyod tashrif buyuruvchini qabul qilgan. 8 mingdan ortiq shartnomalar imzolanishi va 20 mingdan ortiq muzokaralarning o‘tkazilishi — TXTYning katta ahamiyatidan dalolat beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.