logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari Qurolli Kuchlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da faol ishtirok etdi.

view 171

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish”ga oid topshirig‘iga muvofiq, mamlakatimizdagi harbiy qism va harbiy muassasalarda keng ko‘lamli “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — yoshlarni Qurolli Kuchlarimizning shakllanishi va rivojlanish tarixi, harbiy xizmatchilar faoliyati, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishtirish hamda ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishdan iboratdir. Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar yetakchisi S. Muhammadaminov boshchiligida universitet Yoshlar ittifoqi faollari, shuningdek “Bo‘ston notiqlari” jamoasi a’zolari faol ishtirok etishdi. Talabalar zamonaviy harbiy texnikalar namoyishini ko‘rishdi, harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi, Qurolli Kuchlar tizimidagi islohotlar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.