Xitoy Xalq Respublikasining Shanxi provinsiyasi, Yangling shahrida “Olma yetishtirishda innovatsiyalar va ilg‘or seleksiya texnologiyalari” nomli xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli anjuman Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti, Xalqaro olma tadqiqot markazi hamda Shaanxi viloyati olma laboratoriyasi hamkorligida tashkil etilgan. Simpoziumda Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Tadbir davomida olma yetishtirish sohasidagi yangi texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va seleksiya bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilinmoqda.
Konferensiyada AQSh, Yangi Zelandiya, Italiya, Yaponiya, Kanada va Germaniya kabi davlatlardan bog‘dorchilik, seleksiya hamda o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etishmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:

