logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining Axborot resurslari markazida Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti Qishloq xo‘jalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston – Yangi Kitob” nomli yangi nashrlar taqdimotibo‘lib o‘tdi

view 192

Axborot resurslari markazida Qishloq xo‘jalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston – Yangi Kitob” nomli adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirni kafedra mudiri, biologiya fanlari doktori, professor S.T. Jo‘rayev olib bordi.

2025-yil uchun 5 nomdagi, jami 250 dona yangi adabiyotlar professor S.T. Jo‘rayev va hammualliflar tomonidan universitet kutubxonasiga topshirildi. 2020-yildan buyon kafedra tomonidan 22 dan ortiq nomdagi ilmiy-adabiy manbalar Axborot resurslari markaziga taqdim etib kelinmoqda. Tadbir davomida yo‘nalish talabalari uchun professor S.T. Jo‘rayevning shaxsiy kutubxonasidan 30 dan ortiq yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalar bepul tarqatildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.