Universitetimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K. Sultonov, professor-o‘qituvchilari hamda izlanuvchan, iqtidorli talabalari nufuzli “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida o‘z loyihalari bilan faol ishtirok etmoqdalar! “Kelajak muhandislari” — bu innovatsion g‘oyalar to‘qnashuvi, zamonaviy texnologiyalar almashinuvi va yosh muhandislarning eng yuqori salohiyatini namoyon etuvchi global platformadir. Vakillarimiz o‘zlarining ilmiy ishlanmalari va qishloq xo‘jaligidagi muhandislik yechimlarini xalqaro darajada namoyish etib, yangi marralarni zabt etishmoqda. Bu kabi yutuqlar universitetimizning jahon ta’lim va ilm-fan maydonidagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

