Tadbir Yurtboshimizning "Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi." degan iqtiboslari bilan boshlandi. Va korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’sirini yoritish, talaba va xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish kabi ģoyalar ilgari surildi. Tadbirda Advokatlar palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi vakillari Z. Usmonov, S.Pólatov, Chirchiq harbiy prokurori o‘rinbosari, adliya kapitani Sh.Shoakbarov shuningdek, Qibray tumani adliya bo‘limi boshlig‘i, yuridika fanlari dotsenti D.Matrasulov ishtirok etishdi. Tadbir davomida soha mutaxassislari korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarb jihatlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, xususan, Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdilar. Pul oldi-berdisining oldini olish, mansabdor shaxslar zimmasidagi mas’uliyat va uning amaliy jihatlari xususida fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.
Davra suhbati yakunida universitetda antikorrupsiya madaniyatini kuchaytirish, bo‘linmalar kesimida huquqiy targ‘ibot ishlarini kengaytirish, talaba va xodimlar o‘rtasida halollik tamoyillarini yanada targ‘ib qilish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing
Toshkent davlat agrar universitetida Agro Eko Klub ochilish marosimida tashrif buyurgan “Art Galereya” ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi
rEAD MOREToshkent davlat agrar universitetida Agro Eko Klub ochilish marosimida tashrif buyurgan “Art Galereya” ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi
Toshkent davlat agrar universitetida “Oltin kuz” Agro-tasviriy san’at festivali doirasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
rEAD MOREToshkent davlat agrar universitetida “Oltin kuz” Agro-tasviriy san’at festivali doirasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
“GREEN CAMP 2025” – Barqaror yashil kelajak sari birgalikda!
rEAD MORE“GREEN CAMP 2025” – Barqaror yashil kelajak sari birgalikda!
- Rektor
- Fakultetlar
- Rektorat
- Kafedralar
- Markazlar va bo'limlar
- Xodimlar
- Universitet haqida
- Yangiliklar



