Toshkent davlat agrar universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan GREEN CAMP yozgi maktabi bugun o‘z faoliyatini boshladi! Dasturda universitetimizning “O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn”, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik”, “O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik” fakultetlari talabalar ishtirok etmoqda. Ular o‘rmonchilik, dorivor o‘simlikshunoslik, o‘simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirib o‘rganmoqdalar. GREEN CAMP — barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi bilim va ko‘nikmalar makoni, calqaro talabalar o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigi, ekologik ong va ilmiy salohiyatni yuksaltirish sari qadam hisoblanadi.
Dastur davomida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar va qiziqarli daqiqalar bilan tez orada fotolavhalarda bo‘lishamiz. Bizni kuzatishda davom eting!
Ijtimoiy tarmoqlar: