logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida «5-dekabr — Butunjahon Tuproq Kuni» munosabati bilan davra suhbati òtkazildi

view 312

Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan Òsimliklar himoyasi agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida davra suhbati òtkazildi. Tadbirni Ilmiy ishlar va inovatsiyalar bòyicha prorektori K.Sultonov iliq fikrlar bilan ochib berdi. Suhbat davomida fakultet dekani T.Shamsiddinov butunjahon tuproq kuni haqida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, FAO O‘zbekiston vakillari hamda WFF Uzbekistan Youth Chapter bosh koordinatori M. Xoldorov ham tadbirning kirish qismida o‘z so‘zlarini bildirdi. Mazkur davra suhbatida Toshkent davlat agrar universiteti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti S. Sodiqova, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bosh mutaxassisi B.Musayev, WFF O‘zbekiston yoshlar bo‘limi yetakchisi I.Sultonovlar qatnashib, O‘zbekistonda tuproqni muhofaza qilish hamda uning unumdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, iqlim o‘zgarishining tuproq unumdorligiga ta’siri haqida maruzalar qilishdi.

Tadbir davomida qiziqarli savol - javoblar, ilmiy taqdimotlar òtkazilib, fotosuratlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi, ishtirokchilar esa Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.