logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til bor ekan, millat-barhayot” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbir bo’lib o’tdi

view 98

Universitetning 95 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan san’at asarlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Mehmonlar galereyada namoyish etilgan noyob asarlar bilan tanishib, ularga yuqori baho berdilar. Ona siymosi  yonida Bo‘ston ansambli yoshlari she’rlar o‘qishdi. Tadbirni universitet rektori N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u davlat tili — millatning g‘ururi va ma’naviy poydevori ekanini ta’kidladi hamda talaba-yoshlarni ona tilini ardoqlash, uni boyitish va asrab-avaylashga chaqirdi. Tadbirda yirik ustoz, navoiyshunos olim I.Nosirov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti direktori E.Murod, “Fan” nashriyoti bosh muharriri, yozuvchi, sharqshunos va navoiyshunos O.Jumaboyev, shuningdek O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Shuhrat medali sohibasi, telejurnalist M.Kamalova hamda universitetning talaba-yoshlari ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida Alisher Navoiy g‘azallari, Erkin Vohidov qasidasi, Abdulla Oripovning ona tiliga bag‘ishlangan she’rlari hamda turli adabiy chiqishlar talaba-yoshlar  tomonidan ijro etildi.
Shuningdek, “Bo‘ston” ashula va raqs ansamblining kuy-qo‘shiqlari, milliy raqslar, turli xalqlar musiqiy chiqishlari yig‘ilganlarga bayramona ruh ulashdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.