O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasida oliy ta’lim muassasalari Yoshlar akademiyasi liderlari va iqtidorli yoshlar ishtirokida navbatdagi “Yoshlar akademiyasi forumi” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forum yoshlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy ilmiy-innovatsion g‘oyalarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan muhim maydonga aylandi. Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar akademiyasi lideri S. Xojimurodov, shuningdek, universitetning yoshlar akademiyasi liderlari va koordinatorlari faol ishtirok etishdi.
Forum davomida respublikaning turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan Yoshlar akademiyasi liderlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etib, yoshlar bilan ishlashda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar, samarali loyihalar va tashabbuslar yuzasidan fikr almashdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


