logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda kitob yarmarkasi: Bilim va ma’naviyat maskani!

view 5

Toshkent davlat agrar universitetining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi tashabbusi bilan oliygoh hududida “Yangi asr nashriyoti” tomonidan arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi bo’lib o’tmoqda. Kitobxonlar uchun turli janr va yo‘nalishdagi adabiyotlarning boy assortimenti taqdim etilmoqda:
Jahon va o‘zbek badiiy adabiyoti durdonalari;
Ilmiy-ommabop va mutaxassislikka oid nashrlar;
O‘quv va uslubiy qo‘llanmalar;
Shaxsiy rivojlanish va motivatsion kitoblar.
Yarmarka barcha professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va aziz talabalarimiz uchun ochiq. Bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazing va shaxsiy kutubxonangizni yangi xazinalar bilan boyiting!

Bilim — eng katta boylik, kitob esa unga eltuvchi yo‘ldir!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.