Seminarni Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor N. N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ilm-fan va innovatsiyalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar TDIU Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor A. Muxtorov, TDIU professori I. Soifnazarov, “Qishloq hayoti” gazetasi bosh muharriri Ch. Latipov hamda Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari va faol talaba-yoshlar
Ular bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlar uchun ta’lim, ilmiy izlanishlar, startaplar va global hamkorliklar yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z qarashlari va tajribalari bilan bo‘lishdilar. Seminar davomida yoshlarga ilmiy loyihalarda qatnashish, xorijiy universitetlarda malaka oshirish, innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Tadbirning yakunida universitet rektori professor N. Oblomuradov tomonidan “Zamin bilan tutash taqdirlar” — Toshkent davlat agrar universiteti tarixiga bag‘ishlangan yangi asar hamda esdalik sovg‘alari tadbirda ishtirok etgan mehmonlarga tantanali ravishda topshirildi.
Seminar ishtirokchilari, xususan, yoshlar ilm-fan va innovatsiyalar sohasida faol bo‘lish, yangi g‘oyalar bilan chiqish va o‘z ustida ishlashga undovchi ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



