8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida universitet hududida xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizomni mustahkamlash va talabalar uchun qulay muhit yaratishda faol ishtirok etib kelayotgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari munosib taqdirlandi. Tadbir davomida guruh a’zolarining mas’uliyati, fidoyiligi, tashabbuskorligi hamda universitet hayotidagi faol ishtiroki alohida e’tirof etildi.
Ushbu jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik choralar, kecha-kunduz davomida olib borilayotgan nazorat ishlari, talabalar bilan muntazam muloqot olib borishdagi yondashuvlar universitet rahbariyati tomonidan yuqori baholandi. Taqdirlash jarayonida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



