logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari Xitoydagi Winter Camp’da ishtirok etmoqda

view 193

Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universitetida (NWAFU) Birinchi Winter Camp – Qishki o‘quv seminarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro ta’limiy loyiha doirasida Toshkent davlat agrar universitetidan 8 nafar iqtidorli talaba hamda 2 nafar professor-o‘qituvchi ishtirok etmoqda. Ochilish marosimida NWAFU prorektori, professor Zhang Hongming va Toshkent davlat agrar universiteti prorektori A.Abduvasikov so‘zga chiqib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning muhimligi, xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr bildirdilar. Tadbir davomida Winter Camp nafaqat ta’limiy jarayon, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim platforma ekani alohida ta’kidlandi.

Qishki o‘quv seminari davomida TDAU talabalari xitoylik tengdoshlar bilan birgalikda ilmiy seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar hamda madaniy dasturlarda faol ishtirok etib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.