Mazkur tadbirda Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etdilar. Bu esa xalqaro huquqiy hamkorlikning bugungi sharoitdagi ahamiyati va dolzarbligini yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Davra suhbati davomida Toshkent davlat agrar universiteti Huquqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari yuridik fanlari doktori, dotsent X.Isanov, katta o‘qituvchi Q.Sadirov, dotsent, kafedra mudiri Sh.Jalolov, katta o‘qituvchi, dotsent N.Umirzakova, o‘qituvchi X.Niyazaliyeva shuningdek, universitetning Xalqaro grantlar bo‘limi boshlig‘i ilmiy ma’ruzalar va tahliliy chiqishlar bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida monopoliyaga qarshi qonunchilikni takomillashtirishning dolzarb masalalari, huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolar hamda ishtirokchi davlatlarda raqobatni himoya qilish sohasidagi huquqiy normalarni uyg‘unlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


