logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetning Sirtqi va masofaviy ta’lim fakulteti talabalari bilan “Korrupsiyaga qarshi kurash – odil jamiyat sari qadam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

view 251

Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A. Tashmuxamedov va bosh mutaxassisi A. Xayitov tomonidan ko‘rgazmali slayd materiallar orqali targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, universitetda so‘nggi vaqtlarda sodir bo‘lgan salbiy holatlar muhokama qilinib, jinoyatlar jazolanishi, aybdorlarga esa odil sud tomonidan qilmishiga yarasha jazo berilishi tushuntirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga universitetda faoliyat yuritayotgan “Komplaens-nazorat” tizimi, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha xabar berish tartibi va aloqa kanallari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar òzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxasislardan javob olishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.