favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Venchjou fan va texnologiya kasb-hunar kolleji delegatsiyasini qabul qildi.

view 57

Mazkur jarayon davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik, ilmiy-amaliy va texnikaviy yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Universitetning xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori A. Abduvasikov boshchiligida xalqaro aloqalar bo‘limi, sohaga oid kafedra vakillari va Xitoy delegatsiyasi a’zolari ishtirok etdilar. Uchrashuv doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Agrotexnologiyalar, raqamli yechimlar va aqlli ta’lim texnologiyalarida tajriba almashish kabi yónalishlarda kelishuvga erishildi.


Kelishuvning ikkinchi qismida mehmonlar Toshkent davlat agrar universitetining zamonaviy o‘quv binolari, innovatsion ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv doirasida Xitoylik professorlar tomonidan universitetimiz professor-o’qituvchilariga seminar-treninglar ham tashkil etildi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.