Yosh olimlarning oʻz ish joyidan ajralmagan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishi va tajriba almashini taminlovchi loyihalar tanlovi bólib òtdi. Tanlov yakuniga ko'ra, Toshkent Davlat Agrar Universitetining tayanch doktoranti P.Uchqunovaning ilmiy loyihasi g'oliblar safidan joy oldi! Ushbu muvaffaqiyatga u "Tovuq patini gidroliz qilish natijasida polipeptidlar olish usulini ishlab chiqish" nomli dolzarb loyihasi bilan erishdi.
Jami 29 nafar yosh olimning loyihalari gʻolib deb topilgan ushbu tanlovda P.Uchqunovnaning mazkur innovatsion ishi yuqori baholandi.
P.Uchqunovaning ilmiy izlanishlariga yuksak zafarlar tilab qolamiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:

