Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi” hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida 2024/2028-yillarga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 7,7 mln AQSH dollari bo‘lgan “Toshkent viloyatida smart texnologiyalar asosida o‘rmon va shahar hududlarini ko‘kalamzorlashtirish” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Koreya va O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari ishtirok etib, shahar va aholi turar-joylarini ko‘kalamzorlashtirish, manzarali bog‘dorchilik, landshaft dizayni hamda o‘rmonlarni qayta tiklash yo‘nalishlarida Koreya Respublikasining ilg‘or tajribalari va eng yaxshi amaliyotlarini muhokama qildilar. Shuningdek, ushbu tajribalarni O‘zbekiston sharoitida, xususan agrar ta’lim va ilmiy-amaliy faoliyatda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Seminar Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun xalqaro tajribani o‘rganish hamda amaliy bilimlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchrashuv so’ngida, Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayn fakulteti binosida tashkil etilgan Manzarali ko'chat yetishtirish laboratoriyasi bilan yaqindan tanishdi
Ijtimoiy tarmoqlar:



