Dala o‘quv-tajriba xo‘jaligida Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi professori M.Atabayev assistent M.Musurmonova boschiligida 1-kurs magistr U.A.Kudiyarovalar ishtirokida dala tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Tadqiqot jarayonida magistrlar Xitoy paxta navlarining pishish davrdagi fiziologik kuzatuvlar olib bordilar. Bu kuzatuvlar paxta hosilini ko‘paytirish, suv va o‘g‘itlarni to‘g‘ri berish, hamda yig‘im-terim vaqtini belgilash uchun juda muhim.
Paxtani pishish (yetilib borish) davrida fiziologik kuzatuvlar — bu o‘simlikning hosilga yaqin davrdagi holatini baholash va yetilish jarayonini nazorat qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlardir.
Ushbu tadqiqotlar maxsus Vagner idishlarida olib borildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

