logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Kengashning 7-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

view 228

Toshkent davlat agrar universitetida Kengashning 7-sonli navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisda universitetning joriy va istiqboldagi faoliyatiga oid bir qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilish avvalida taqdirlash marosimi tashkil etildi. Undan so‘ng, davlatimiz rahbarining Ko‘ksaroy qarorgohida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan universitet rektori N. Oblomuradov Kengash a’zolariga batafsil ma’lumot berdi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda oliy ta’lim muassasalarining, xususan, agrar sohadagi kadrlar tayyorlash, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Majlis kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri — universitetning ilmiy salohiyati va ilmiy-tadqiqot faoliyati holatini ko‘rib chiqish bo‘ldi. Ushbu masala yuzasidan universitetda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faolligi, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy loyihalar hamda grantlar, nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilayotgan maqolalar bo‘yicha erishilgan natijalar keng muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, universitetning xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha hisobot tinglandi. Mazkur masala yuzasidan prorektor A. Abduvasikov 2025/2026-o‘quv yilining birinchi yarmida erishilgan natijalar haqida axborot berdi. Xususan, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuvlar hamda transformatsiya jarayonlarining borishi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, akademik halollik va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tizimini takomillashtirish, universitet hududida tozalik va ozodalikni ta’minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda jamoat tartibini mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Jumladan, kun tartibidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish muhimligi alohida qayd etildi. Shuningdek, rektor N. Oblomuradov xalqaro standartlar asosida ta’lim sifatini oshirish, xorijiy professorlarni jalb etish hamda talabalar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi. Yig‘ilish yakunida fikr-mulohazalar tinglandi hamda universitet rektori barchani yangi yil bilan tabrikladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.