logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Agrar sohada ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda

view 48

Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev, Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov, universitet professor-olimlari hamda tuman qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari tumandagi  O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, veterinariya va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sohaga zamonaviy ilmiy tajribalarni tatbiq etish hamda qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish yuzasidan o‘zaro tajriba almashildi.

Bundan tashqari, masʼullar Toyloq tumanida joylashgan “Pet Agro Oil” qo‘shma korxonasida ham bo‘lib ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati, ish hajmi bilan yaqindan tanishdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.