Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) Xitoy Xalq Respublikasining Anhui qishloq xo‘jaligi universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan talabalar almashinuvi dasturi doirasida TDAUda tahsil olayotgan talabalar hamda Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Mazkur bayram tadbirida Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor A.Abduvasikov ishtirok etib, talabalarni samimiy qutladi hamda Yangi yil munosabati bilan ezgu tilaklarini bildirdi. Shuningdek, u talabalar o‘rtasida madaniyatlararo almashuvni yanada mustahkamlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi.
Bayram dasturi qiziqarli o‘yinlar, musiqiy chiqishlar va turli madaniy dasturlar bilan boyitilib, do‘stona va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilarda yorqin taassurotlar qoldirib, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

