Toshkent davlat agrar universitetida amalga oshirilayotgan akademik mobillik dasturi doirasida O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakultetida xorijiy talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Jumladan, fakultet dotsenti Xolova Shohista tomonidan xorijiy tilda dars mashg‘uloti o‘tkazildi.Mashg‘ulot davomida landshaft dizaynining tarixiy shakllanishi, zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlari, ekologik va estetik yondashuvlar hamda hududlarni obodonlashtirishda ilmiy asoslangan dizayn yechimlarining ahamiyati yoritib berildi. Nazariy bilimlar xalqaro tajribalar va amaliy misollar asosida mustahkamlandi.
Dars jarayoni xorijiy tilda olib borilib, talabalarning kasbiy bilimlarini oshirish, ilmiy terminologiyani o‘zlashtirish va xalqaro akademik muhitda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Mazkur mashg‘ulot universitetda ta’lim jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etish hamda akademik mobillik dasturlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Ijtimoiy tarmoqlar:




