logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Sog‘liq uchun oltin o‘simlik — Tirnoqgul foydalari haqida bilasizmi

view 157

Tirnoqgul — dorivor xususiyatlarga boy o‘simlik bo‘lib, xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Uning gullari biologik faol moddalarga boy bo‘lib, sog‘liq uchun juda kòp foydalarni beradi. Xususan yallig‘lanishga qarshi ta’sir kòrsatadi. Tirnoqgul teri va ichki yallig‘lanishlarni kamaytiradi, shish va og‘riqni yengillashtiradi. Yaralarni tez bitkazadi. Kesilish, kuyish, jarohat va hasharot chaqishida yarani tezroq bitishiga yordam beradi. Teri kasalliklarida juda foydali sanaladi. Dermatit, ekzema, toshma va husnbuzarlarda terini tinchlantiradi va tozalaydi. Immunitetni mustahkamlaydi. Organizmning himoya kuchini oshirib, shamollash va infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi. Og‘iz va tomoq kasalliklarida qo‘llaniladi. Angina, stomatit, milk yallig‘lanishida damlamasi bilan chayish foydali. Oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi. Gastrit va oshqozon yarasida yallig‘lanishni kamaytirib, hazmni yaxshilaydi. Tinchlantiruvchi xususiyatga ega asab tizimini tinchlantiradi, uyquni yaxshilaydi. Ayollar salomatligi uchun foydali ba’zi ginekologik yallig‘lanishlarda yordamchi vosita sifatida ishlatiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.