logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini keng targ‘ib etish maqsadida universitetning boshqaruv (rahbar) xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

view 329

Seminar davomida rahbar xodimlarga ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi, shuningdek, amaldagi qonunchilikda belgilangan talablar batafsil tushuntirildi. Shuningdek, universitet Kengashining 7-sonli yig‘ilishida ma’qullangan “Universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”ning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarning oldini olish hamda ularning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan, barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bilan tanishilganligi hamda qonuniy talablarga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha ixtiyoriy kafolat xatlari topshirilgani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, seminar ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.