logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Tuproqning namligi va uning ekinlar parvarishidagi o‘rni haqida bilasizmi?

view 344

Tuproqning mexanik xossalari tuproqning namligi bilan chambarchas bog‘liq xossalar sanaladi. Tuproq namligi butunlay quruq tuproq massasining foiz ulushi yoki birlik birligiga to‘g‘ri keladi.
O‘simliklarni yetishtirishda tuproq namligi dinamik ko‘rsatkich bo‘lib, tuproqning mexanik tarkibiga, o‘simliklarning rivojlanish turi va bosqichiga, sug‘orish rejimiga va evapotranspiratsiyaga bog‘liq.
Tuproq namligi bir qator ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
Tuproqning suv bilan to‘liq to‘yingan holatdagi namligi – tuproqdagi barcha g‘ovaklar suv bilan to‘lgan holatida suvning ushbu tuproqdagi miqdori; Eng kam namlik sig‘imi holatidagi namlik miqdori – tuproq tarkibidagi suvni gravitatsion kuchlar ta’sirida oqib chiqib ketganidan keyin ushbu tuproqda qoladigan suvning miqdori. Tuproqning suvni o‘zida ushlab turish xususiyatini ifodalaydi. So‘lish namligi – tuproq tarkibida o‘simlikning yashashi uchun zarur bo‘ladigan minimal namlik miqdoriga teng bo‘lgan suvning miqdori. Namlik miqdori mazkur miqdordan kamayib ketsa, o‘simlik so‘liy boshlaydi.
Tuproqning gigroskopik namligi – o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan namlik darajasi. Gigroskopik suv-tuproq zarrachalari yuzasida singdirilgan suv hisoblanadi. Tuproqning havodagi bug‘simon namni singdirib, yutib olish qobiliyatiga gigroskopiklik va shunday yo‘l bilan yutilgan namlikka gigroskopik suv deyiladi;
Tuproqning eng kam namlik sig‘imi va so‘lish namligi oralig‘idagi namlik o‘simliklar uchun kerakli namlik sanaladi. Tuproq namligini tashkil qiluvchi suvning miqdori tuproqning umumiy hajmiga nisbatan foiz ko‘rinishida ifodalanadi va bu ko‘rsatkichga tuproqning hajmiy namligi deyiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.