logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti yakuniy nazorat imtihonlari o’tkazildi

view 275

Bugun Toshkent davlat agrar universitetining Axborot-resurs markazida 2025/2026-o‘quv yili yakuniy nazorat testlari belgilangan jadval hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy talablar asosida, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda shaffof  tarzda tashkil etildi. Yakuniy nazorat jarayonlarini universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Boboyev ochib berib, talabalarga bilimlarini sinovdan o‘tkazishda muvaffaqiyat va omad tiladi. O‘z nutqida prorektor yakuniy nazoratlarning shaffof va adolatli o‘tkazilishi, talabalar bilimini xolis baholash muhimligini alohida ta’kidladi.

Jarayonning ochiqligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida yakuniy nazorat testlari Axborot-resurslar markazi mas’ul xodimlari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan doimiy ravishda kuzatib borildi va qat’iy nazorat qilindi. Ma’lumot o’rnida, imtihon jarayonlari 28-fevralga qadar davom etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.