logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyida “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimida deklaratsiyalash va jinoyatchilikka qarshi kafolat xatlarining ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

view 290

Mazkur tadbirda Toshkent davlat agrar universitetining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i A.A. Tashmuxamedov hamda bo‘lim bosh mutaxassisi A.E. Xayitov ishtirok etib, mazmunli ma’ruzalar qildilar. Davra suhbatida akademik litseyda faoliyat yuritayotgan har bir xodim korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymasligi lozimligi, shuningdek, pora berish yoki ta’magirlik holatlariga duch kelinganda bu haqda zudlik bilan rahbariyat hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ishtirokchilarga universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlari hamda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.