Bayram sanasi munosabati bilan universitetimizda faoliyat yuritayotgan fidoyi va zahmatkash erkak ustozlar ayol ustozlar tomonidan samimiy ehtirom va yuksak hurmat bilan tantanali tarzda kutib olindi. Milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ramzi sifatida har bir ustozga milliy do‘ppi hamda bayram tabrigi bitilgan tabriknomalar hadya etildi. Bayramona kayfiyat, samimiy tilaklar va iliq tabassumlar ushbu kunni barchamiz uchun unutilmas lahzalarga aylantirdi.
Vatan himoyasi — oliy burch va sharaf. Shu yo‘lda bilim, tarbiya va fidoyilik bilan xizmat qilayotgan barcha ustozlarimizga mustahkam sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy farovonlik va ulkan zafarlar tilaymiz! Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli ustozlar!
Ijtimoiy tarmoqlar:



