Bugun Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati boshchiligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missouri universiteti (University of Missouri) Xalqaro dasturlar bo‘yicha prorektor o‘rinbosari, Xalqaro markaz direktori professor Mary Stegmaier xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Mary Stegmaier universitet tarkibidagi Truman School of Government and Public Affairs faoliyati haqida ma’lumot berdi. Suhbat chog‘ida tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish va o‘qituvchi hamda talabalar o‘rtasidagi almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, talabalar uchun 4 oylik qisqa muddatli o‘quv dasturlari, shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun 6 oydan 24 oygacha bo‘lgan malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Alohida e’tibor 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan LEAD dasturi doirasidagi hamkorlik masalalariga qaratildi. Mazkur dastur talabalarda yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish va akademik hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qiladi.
Missouri universiteti — dunyodagi eng yaxshi 500 ta oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvchi nufuzli universitetlardan biri bo‘lib, AQShning Kolumbiya shahrida joylashgan. Mazkur universitet bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik tashabbuslari talaba va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, ilg‘or tajriba almashinuvi orqali ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga o‘zaro qiziqish bildirgan holda, LEAD dasturi doirasida aniq harakatlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:

