logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi hamda universitetning O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti jamoasi va talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

view 209

Uchrashuvda universitet rektori N. Oblomuradov Bugungi kunda o‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu borada sohaga mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar uchun real ishlab chiqarish muhitida bilim va ko‘nikmalarni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu uchrashuv kelgusida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi,” — deya o‘z fikr va mulohazalarini bildirib òtdi. Shundan so‘ng O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi direktori E. Muxitdinov nutq so‘zlab, soha rivoji, dolzarb masalalar hamda istiqboldagi vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Tadbir davomida O‘rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi professori E. Berdiyev tomonidan ilmiy-ta’limiy faoliyat, kadrlar tayyorlash jarayoni hamda amaliy ishlar yuzasidan ma’ruza qilindi.

Uchrashuv doirasida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Tadbir yakunida mehmonlar universitetda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, shuningdek, O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Eng quvonarlisi, uchrashuv davomida O‘rmon xo‘jaligi raisi tomonidan talabalarga stipendiya ajratish, qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish, talabalarni haq to‘lanadigan amaliyotga yuborish, kafedralar va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, tajriba xo‘jaligida birgalikda ko‘chatxona tashkil etish hamda 100 nafar friz talabani ishga qabul qilish bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.